Mualliflarga

“Bolalik akademiyasi” ilmiy-metodik elektron jurnali maqola talablari


“Bolalik akademiyasi” ilmiy-metodik elektron jurnaliga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan talablar xalqaro ilmiy nashrlar andozalari, O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan ilmiy-tadqiqot (PhD, DSc) tizimi mezonlari hamda pedagogik tadqiqot metodologiyasi talablaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan.
Jurnalning asosiy maqsadi – maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim sohasida ilmiy salohiyatli kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilg‘or pedagogik va innovatsion tajribalarni ommalashtirish hamda ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan integratsiyalashga ko‘maklashishdan iborat.
Qo‘shimcha savol va takliflar bo‘yicha tahririyatning elektron manzili orqali murojaat etish mumkin.

  1. Maqola mavzusi (Title)
    Maqola mavzusi qisqa, aniq va lo‘nda shakllantirilgan bo‘lib, tadqiqotning ilmiy yo‘nalishi va mazmunini to‘liq ifoda etishi lozim.
    Mavzu maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, pedagogika, metodika, bolalar psixologiyasi, innovatsion ta’lim texnologiyalari, tarbiya nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishlariga mos bo‘lishi shart.
  2. Muallif haqida ma’lumot (Author information)
    Quyidagilar to‘liq ko‘rsatiladi:
    F.I.Sh. (to‘liq)
    Ish joyi va lavozimi
    Ilmiy daraja va unvoni
    Elektron pochta manzili
    Telefon raqami
    ORCID (mavjud bo‘lsa)
  3. Annotatsiya (Abstract)
    Annotatsiya 8-12 qator hajmda o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi.
    Unda quyidagilar qisqacha yoritilishi lozim:
    Tadqiqot muammosi va dolzarbligi
    Tadqiqot maqsadi
    Qo‘llanilgan metodologiya
    Asosiy natijalar
    Ilmiy va amaliy ahamiyati
  4. Tayanch so‘zlar (Key words)
    5-8 ta kalit so‘z beriladi. Tayanch so‘zlar maqola mazmunini ochib berishi hamda xalqaro qidiruv tizimlarida maqolaning topilishini ta’minlashi lozim.
  5. Kirish (Introduction)
    Kirish qismida:
    Tadqiqot muammosining dolzarbligi
    Maqsad va vazifalar
    Tadqiqot obyekti va predmeti
    Ilmiy yangiligi
    Amaliy ahamiyati yoritilishi lozim.
  6. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature Review)
    Ushbu qismda:
    Tadqiq etilayotgan muammo bo‘yicha mahalliy va xorijiy ilmiy manbalar tahlili
    Mavzuning o‘rganilganlik darajasi
    Ilmiy qarashlarning qiyosiy tahlili
    Muallifning ilmiy pozitsiyasi bayon etiladi.
    Manbalar zamonaviy va dolzarb bo‘lishi tavsiya etiladi.
  7. Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)
    Metodologiya qismida:
    Tadqiqot dizayni
    Qo‘llanilgan metodlar (kuzatish, tajriba-sinov, so‘rovnoma, diagnostika, statistik tahlil va boshqalar)
    Tanlanma (sampling)
    Ishonchlilik (reliability) va aniqlilik (validity) asoslari yoritilishi lozim.
  8. Tahlil va natijalar (Analysis and Results)
    Mazkur qismda:
    Olingan ma’lumotlar tahlili
    Jadval, diagramma, chizma va grafiklar
    Statistik natijalar keltiriladi.
    Natijalar ilmiy asoslangan holda ifodalanadi.
  9. Xulosa va takliflar (Conclusion and Recommendations)
    Quyidagilar yoritiladi:
    Tadqiqot natijalarining umumiy xulosasi
    Ilmiy yangilik
    Amaliy tavsiyalar
    Kelgusidagi tadqiqot yo‘nalishlari
  10. Foydalanilgan adabiyotlar (References)
    Adabiyotlar maqolada keltirilgan tartibda [1], [2], [3] ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
    Manbalar:
    Muallif F.I.Sh., asar nomi, nashr joyi, nashriyot, yil, bet.
    Muallif F.I.Sh., maqola nomi, jurnal nomi, yil, son, bet.
    Xorijiy manbalardan foydalanish tavsiya etiladi.
  11. Texnik talablar
    Shrift: Times New Roman
    Hajmi: 14 kegel
    Qator oralig‘i: 1,5 interval
    Maydonlar: har tomondan 2 sm
    Hajmi: 6-15 bet
    Foydalanilgan adabiyotlar soni: kamida 10 ta
    Jadval nomi yuqorida, rasm va chizma nomi pastki qismda yoziladi hamda manbasi ko‘rsatiladi.
  12. Tillar
    Maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida qabul qilinadi.
    Ingliz tilidagi maqolalar sifatli akademik tarjimada bo‘lishi lozim.
  13. Taqriz va ko‘rib chiqish tartibi
    Maqola tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis taqrizi bilan qabul qilinadi.
    Tahririyat maqolani qo‘shimcha ravishda ekspertizaga yuborish huquqini saqlab qoladi.
    Talablarga javob bermaydigan maqolalar ko‘rib chiqilmaydi.