Jurnal haqida

“Bolalik akademiyasi” – Navoiy davlat universiteti muassisligidagi ilmiy-metodik elektron jurnal bo‘lib, mazkur jurnal oliy ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyatli kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish; zamonaviy ta’lim va fanning rivojlanishi, bolalarni erta yoshdan ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash, bu borada  maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim sohasida ilg‘or pedagogik hamda innovatsion texnologiyalarni targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli hamda 2019 yil 16 dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-sonli Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi ““O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-sonli, 2021 yil 8 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-5270-sonli, 2023 yil 20 apreldagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-163-son hamda 2024 yil 26 fevraldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 802-sonli Qarorlariga muvofiq ravishda tashkil etilgan bo‘lib, mazkur normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etish, ilmiy-tadqiqot natijalarini keng ommalashtirish hamda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim sohasida innovatsion g‘oyalar, metodik ishlanmalar va ilg‘or tajribalarni tizimli ravishda yoritib borishga xizmat qiladi.

Jurnal “Ilmiy tafakkur va pedagogik innovatsiya – barkamol avlod taraqqiyoti mezoni” shiori asosida faoliyat yuritadi hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ish olib boradi. Jurnal sahifalarida ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi izchil islohotlar, ma’naviy-ma’rifiy tashabbuslar, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning ilmiy hamda ilmiy-uslubiy izlanishlari keng yoritilib, ularni ommalashtirish va amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratiladi.

Nashr yiliga 4 (to‘rt) marta o‘zbek, rus va ingliz tillarida elektron shaklda chop etiladi. Jurnal sahifalarida dolzarb ilmiy maqolalar, metodik ishlanmalar, innovatsion pedagogik tajribalar, tahliliy materiallar hamda ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy xulosa va tavsiyalar muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.