“Bolalik akademiyasi” ilmiy-metodik elektron jurnali maqola talablari
“Bolalik akademiyasi” ilmiy-metodik elektron jurnaliga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan talablar xalqaro ilmiy nashrlar andozalari, O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan ilmiy-tadqiqot (PhD, DSc) tizimi mezonlari hamda pedagogik tadqiqot metodologiyasi talablaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan.
Jurnalning asosiy maqsadi – maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim sohasida ilmiy salohiyatli kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilg‘or pedagogik va innovatsion tajribalarni ommalashtirish hamda ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan integratsiyalashga ko‘maklashishdan iborat.
Qo‘shimcha savol va takliflar bo‘yicha tahririyatning elektron manzili orqali murojaat etish mumkin.
- Maqola mavzusi (Title)
Maqola mavzusi qisqa, aniq va lo‘nda shakllantirilgan bo‘lib, tadqiqotning ilmiy yo‘nalishi va mazmunini to‘liq ifoda etishi lozim.
Mavzu maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, pedagogika, metodika, bolalar psixologiyasi, innovatsion ta’lim texnologiyalari, tarbiya nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishlariga mos bo‘lishi shart. - Muallif haqida ma’lumot (Author information)
Quyidagilar to‘liq ko‘rsatiladi:
F.I.Sh. (to‘liq)
Ish joyi va lavozimi
Ilmiy daraja va unvoni
Elektron pochta manzili
Telefon raqami
ORCID (mavjud bo‘lsa) - Annotatsiya (Abstract)
Annotatsiya 8-12 qator hajmda o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi.
Unda quyidagilar qisqacha yoritilishi lozim:
Tadqiqot muammosi va dolzarbligi
Tadqiqot maqsadi
Qo‘llanilgan metodologiya
Asosiy natijalar
Ilmiy va amaliy ahamiyati - Tayanch so‘zlar (Key words)
5-8 ta kalit so‘z beriladi. Tayanch so‘zlar maqola mazmunini ochib berishi hamda xalqaro qidiruv tizimlarida maqolaning topilishini ta’minlashi lozim. - Kirish (Introduction)
Kirish qismida:
Tadqiqot muammosining dolzarbligi
Maqsad va vazifalar
Tadqiqot obyekti va predmeti
Ilmiy yangiligi
Amaliy ahamiyati yoritilishi lozim. - Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature Review)
Ushbu qismda:
Tadqiq etilayotgan muammo bo‘yicha mahalliy va xorijiy ilmiy manbalar tahlili
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi
Ilmiy qarashlarning qiyosiy tahlili
Muallifning ilmiy pozitsiyasi bayon etiladi.
Manbalar zamonaviy va dolzarb bo‘lishi tavsiya etiladi. - Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)
Metodologiya qismida:
Tadqiqot dizayni
Qo‘llanilgan metodlar (kuzatish, tajriba-sinov, so‘rovnoma, diagnostika, statistik tahlil va boshqalar)
Tanlanma (sampling)
Ishonchlilik (reliability) va aniqlilik (validity) asoslari yoritilishi lozim. - Tahlil va natijalar (Analysis and Results)
Mazkur qismda:
Olingan ma’lumotlar tahlili
Jadval, diagramma, chizma va grafiklar
Statistik natijalar keltiriladi.
Natijalar ilmiy asoslangan holda ifodalanadi. - Xulosa va takliflar (Conclusion and Recommendations)
Quyidagilar yoritiladi:
Tadqiqot natijalarining umumiy xulosasi
Ilmiy yangilik
Amaliy tavsiyalar
Kelgusidagi tadqiqot yo‘nalishlari - Foydalanilgan adabiyotlar (References)
Adabiyotlar maqolada keltirilgan tartibda [1], [2], [3] ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Manbalar:
Muallif F.I.Sh., asar nomi, nashr joyi, nashriyot, yil, bet.
Muallif F.I.Sh., maqola nomi, jurnal nomi, yil, son, bet.
Xorijiy manbalardan foydalanish tavsiya etiladi. - Texnik talablar
Shrift: Times New Roman
Hajmi: 14 kegel
Qator oralig‘i: 1,5 interval
Maydonlar: har tomondan 2 sm
Hajmi: 6-15 bet
Foydalanilgan adabiyotlar soni: kamida 10 ta
Jadval nomi yuqorida, rasm va chizma nomi pastki qismda yoziladi hamda manbasi ko‘rsatiladi. - Tillar
Maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida qabul qilinadi.
Ingliz tilidagi maqolalar sifatli akademik tarjimada bo‘lishi lozim. - Taqriz va ko‘rib chiqish tartibi
Maqola tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis taqrizi bilan qabul qilinadi.
Tahririyat maqolani qo‘shimcha ravishda ekspertizaga yuborish huquqini saqlab qoladi.
Talablarga javob bermaydigan maqolalar ko‘rib chiqilmaydi.
